Ниқобсиз Америка ва бошқа манзилгоҳлар
Нурий Дадахон
Жанр:зарубежная классика
Язык книги:Узбекский
Тип:PDF книга
Издательство:Kitobxon
Дата публикации:07.12.2023
Просмотры:49
Отзывы:Пока нет Добавить отзыв
О книге: Dadaxon Nuriy serqirra ijodkor: dastlab kompozitor hamda talabchan murabbiy Evgeniy Shvarsdan bir necha yil davomida musiqa sabogidan dars olib, domlaning umidli shogirdlaridan hisoblangan. Songra badiiy ijod sirlarini benazir soz ustasi Abdulla Qahhordan, rassomchilikni buyuk moyqalam sohibi Chingiz Ahmarovdan, «tilshunoslik» ni 55 yillarda taqdir taqozosi bilan Toshkentga kelib qolgan hind muhojiri Madan Mohan Hardat hamda Dehli universitetining professori Qamar Raisdan olgan. Suhbatlardan birida A.Qahhor «siz koproq adabiyot bilan shugullaning» deya maslahat beradi. Yozuvchi dastlab chuqur lirizm kechinmalariga boy qissa, roman, hikoya kitoblari orqali kopchilik muxlislar, ayniqsa yoshlar etiborini qozongan. Songra «jangovar» dolzarb mavzulardagi publisistik janrga qol urdi. Vaqtli matbuot orqali adibning shu ruhdagi koplab chiqishlari katta shov-shuvlarga sabab bolib, osha davr yalovbardorlarini bezovta qilgan, taqib ostiga olingan, biroq engilmagan. Taniqli munaqqid, Ozbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov D.Nuriy haqida «Shvesariya bilan qiyoslanuvchi togli Bostonliqning ekologik „fronti“da dunyoni titratib turgan SSSR degan mamlakatning Harbiy vaziri bilan olishib, quturgan buqaning dumiga chelak boglagan yozuvchidir» deya bejiz yozmagan. Hozirda «Dadaxon Nuriy ozbek essechiligi ustasi» (Shukur Holmirzaev) deya tan olingan. Shuningdek, safarnoma mavzusida yozilgan «Hindiston ming yildan song», «Daricham roparasidagi Pokiston», «Hatarli jannat safari» (Shri Lanka haqida) asarlari kitobxonlar tomonidan iliq kutib olingan. Oylaymizki, muallifning navbatdagi «Niqobsiz Amerika va boshqa manzilgohlar…» kitobi ham «kutilmagan yangilik» sifatida kopchilikda qiziqish uygotishi tabiiy.